Akademiya tinglovchilari uchun mahorat darsi o‘tkazildi

28-mart kuni  O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tinglovchilari uchun “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining Inson huquqlarini himoya qilish borasidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu tadbir Milliy markaz tomonidan mazkur Akademiya bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mahorat darsi “Inson huquqlari milliy tizimi” moduli doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston  Respublikasi Milliy markazi xodimlarining ma’ruzalari tinglandi.

Milliy markazning tarkibiy tuzilmalari va ularning vazifalariga oid batafsil axborot tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. O‘zbekiston tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi, BMTning ustav va shartnomaviy organlari tavsiyalarini amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari bo‘yicha ham atroflicha ma’lumot berildi.

Dars yakunida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

matbuot xizmati

Powered by GSpeech