Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasi ofisi ochilgani xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi

Oliy Majlis Senatiga “BMT-ayollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke tashrif buyurdi.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda O‘zbekistonning “BMT-ayollar” tuzilmasi bilan hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda “BMT-ayollar” tuzilmasi ofisi ochilgani mamlakatda gender tenglikni ta’minlash sohasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqqan muhim qadam sifatida qayd etildi.

2026-yil aprel oyida “BMT-ayollar”, YUNFPA va YUNISEF ishtirokida boshlangan va xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma dastur doirasidagi hamkorlik masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning raqamli bozorlar, “yashil” ish o‘rinlari va barqaror sanoat tarmoqlaridagi ishtirokini ta’minlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangani, 2028-yilda O‘zbekistonda navbatdagi forumni o‘tkazishda “BMT-ayollar” tuzilmasining ko‘magi muhimligi ta’kidlandi.

Image

BMT Xotin-qizlar maqomi bo‘yicha komissiyasining 70-sessiyasi doirasidagi hamkorlik, shuningdek, 2026-yil may oyida Buxoro shahrida o‘tkazilgan II Osiyo xotin-qizlari forumi yakunlari va uning doirasidagi tashabbuslarni ilgari surish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti doirasidagi hamkorlik, xususan, “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” global kun tartibini ilgari surish bo‘yicha mintaqaviy konferensiya o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Gender profilini tayyorlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Mazkur hujjatda mamlakatimizda gender tenglikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalarni keng aks ettirish muhimligi qayd etildi.

                                                                  N.Abduraimova,

O‘zA

Nashr sanasi 25.09.2026 Ko'rishlar 13
Ulashish