“INSON HUQUQLARI BOLALAR NIGOHIDA”

1 iyun – Xalqaro bolalar kunida “Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovining dastlabki bosqichi g‘oliblari taqdirlandi. Taqdirlash marosimi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ochilish qismida Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov nutq so‘zlab, mamlakatimizda barkamol yosh avlodni tarbiyalash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar, davlatimiz tomonidan bolalarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor to‘g‘risida fikr bildirdi. Shuningdek, bu kabi tanlovlar bolalar orasida inson huquqlarini targ‘ib etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.  

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan “Tong yulduzi” hamda “Klass!” gazetalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovi bolalarda, ayniqsa, maktab o‘quvchiilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Buni tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlar salmog‘i va sifatidan ham sezish mumkin. Hakamlar hay’ati odillik va shaffoflik mezonlari asosida eng munosib ijodiy ishlarni saralab oldi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz xodimlari va faxriy jurnalistlar ham ishtirok etdi.

“Inson huquqlari bolalar nigohida” tanlovining dastlabki bosqichi g‘olib va sovrindorlari bilan quyidagi ro‘yxatda tanishishingiz mumkin.

 

“Eng yaxshi maqola va insho” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Yahyobek Jumanov – Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanidagi 54-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi.

               Malika Madaminova – Toshkent shahridagi 280-maktabning 8-sinf o‘quvchisi.

2-o‘rin – Muslimaxon Rahmonberdieva – Toshkent viloyati Angren shahridagi 21-maktabning 8-sinf o‘quvchisi.

               Nuriza Fazilova – Toshkent viloyati, G‘azalkent shahridagi 20-maktabning 4-sinf o‘quvchisi.

3-o‘rin – Nafisaxon Asqarxo‘jaeva – Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi Alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashgan 199-sonli davlat ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi.

 

“Eng yaxshi she’r” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Saodatoy Mahammadsiddiqova – Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanidagi 70-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi.

                            Aleksandra Savina – Toshkent shahridagi 240-maktabning 5-sinf o‘quvchisi.

2-o‘rin – Shahzoda Allayarova – Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi 55-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisi.

 

         “Eng yaxshi rasm” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Mubinaxon Siddiqova – Farg‘ona viloyati, Beshariq tumanidagi 44-sonli maktabning 7-sinf o‘quvchisi.

                 Laziza Xodjaeva – Toshkent shahridagi 5-maktabning 7-sinf o‘quvchisi.

2-o‘rin – Aziza Amraeva – Buxoro shahridagi 13-maktabning 5-sinf o‘quvchisi.

                 Anora Arabova – Buxoro shahridagi 2-maktabning 8-sinf o‘quvchisi.

3-o‘rin – Shahriza Sadriddinova – Buxoro shahridagi 2-maktabning 5-sinf o‘quvchisi.

                 Viktoriya Nushtaeva – Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi 151-maktabning 4-sinf o‘quvchisi.

 

“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi bo‘yicha:

1-o‘rin – Nilufar Toremuratova – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 39-maktabning 7-sinf o‘quvchisi.

               Violetta Timoshina  - Toshkent shahridagi 257-maktabning 3-sinf o‘quvchisi.

2-o‘rin – Artyom Smirnov – Toshkent shahridagi 6-maktabning 4-sinf o‘quvchisi.

 

Shuningdek, kreativ yondashuvi va faol ishtiroki uchun quyidagilar rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar:

Azamat Kenjebaev – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanidagi 37-maktabning 5-sinf o‘quvchisi.

Shahzoda Abduraufova – Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 44-maktabning 3-sinf o‘quvchisi.

Muzaffarbek Qayumov – Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 154-maktabning 3-sinf o‘quvchisi.

Saidakmal Mamasoliev – TDYuU qoshidagi akademik litseyning 1-bosqich o‘quvchisi.

Jamoaviy ishtiroki uchun:

  • Toshkent shahridagi 103-maktabning 3- va 4-sinf o‘quvchilari.
  • Andijon shahridagi STEM nodavlat ta’lim muassasasining 6-sinf o‘quvchilari.
  • Toshkent shahridagi 147-maktabning 1-“A” sinf o‘quvchilari.

Tanlovning ikkinchi bosqichi g‘oliblari 10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunida aniqlanadi.

Azizbek RAMAZONOV,

jurnalist

Powered by GSpeech