Gibrid ishlash faoliyati parlamentlar uchun “yangi turdagi” faoliyatga aylanadimi?

Joriy yilning 25 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Parlamentlararo Ittifoqning vitse-prezidenti, A.Saidov Parlamentlararo Ittifoqning “Gibrid ishlash faoliyati parlamentlar uchun “yangi turdagi” faoliyatga aylanadimi?” mavzusidagi vebinarda ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, masofaviy ish usullari parlamentlar faoliyatiga yangicha yondashuvni kiritdi. Masalan, parlament majlislari, ovoz berish va qarorlar qabul qilish jarayonlari, turli ishchi guruhlarda ishtirok etish, shuningdek, parlamentlararo va xalqaro hamkorlik jarayonlari turli xil videokonferensaloqa dasturlari va boshqa internet platformalari vositasida amalga oshirildi.

Parlamentlar faoliyatiga masofaviy ish usullari joriy etilishidan oldin yig‘ilish, ovoz berish, konferensiyalar tashkil etish uchun bir necha oy vaqt ketgan bo‘lsa, masofaviy ish usuli parlament a’zolarining vaqt va sa’y-harakatlarini sezilarli darajada tejash imkonini berdi, parlamentlar ishini tezlashtishga turtki bo‘ldi.

E’tiborlisi, epidemiologik cheklovlar bekor qilinganiga qaramay, shu kunlarda masofaviy ishlashning ayrim shakllari saqlanib qolmoqda. Bu esa jahon mamlakatlari parlamentlari faoliyatini tashkil etishda masofaviy ishlash usullari o‘z samarasini oqlaganidan dalolat beradi.

Ushbu davr davomida parlament, davlat tashkiloti hamda idoralari masofaviy ishlashining huquqiy asoslarini mustahkamlash ushbu tashkilotlar o‘rtasidagi hujjatlar aylanmasini raqamlashtirish jarayonlarini yanada rivojlantirishga va bu o‘z navbatida, raqamlashtirish sohasida yangi natijalarga erishishga olib keldi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi

Powered by GSpeech