O‘ZBEKISTON NOTARIAL SOHASI XALQARO MAYDONDA YANGI YUKSAK MARRAGA ERISHDI!
4-dekabr kuni O‘zbekiston notariati xalqaro hamjamiyatda o‘z mavqeini yanada mustahkamlab, nufuzli Xalqaro notariuslar ittifoqi (XNI) yuqori boshqaruv organiga o‘zining vakilini kiritdi.
Xalqaro notariuslar ittifoqi Osiyo ishlar komissiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqadagi notarial palatalar rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Shu bilan birga, ushbu muhim tadbirda O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov ham qatnashdi.
Muhokamalar va qizg‘in maslahatlashuvlardan so‘ng, yashirin ovoz berish jarayonlari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov XNIning eng yuqori ijro etuvchi organi – Boshqaruv qo‘mitasi a’zoligiga saylandi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Dilshod Ashurov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi lavozimida ham faoliyat olib boradi.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский