Milliy markazning 2022 yildagi faoliyatiga oid axborot nashr etildi

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishining holati to‘g‘risida axborot” nashrdan chiqdi. Ushbu nashr “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” ruknida chop etildi.

Mazkur axborot 2022 yilda O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarning bajarilishi borasidagi faoliyatning asosiy yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan. Unda, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilgan.

Konstitutsiyaviy islohotlar va inson huquqlari, inson huquqlari sohasida ta’lim, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik kabi boblardagi muhim axborotlar mohiyatini to‘la ochib berishda rangli suratlar, infografika, chizma va jadvallardan foydalanilgan.

Yangi nashr Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining o‘tgan yildagi faoliyatiga oid o‘ziga xos muxtasar hisobotdir. U o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr etildi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati

Powered by GSpeech