Ro‘yxat: O‘zbekistonda yashayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari

O‘zbekistonda 6-may holatiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar soni 60 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi e’lon qilgan infografikada keltirilgan.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eng ko‘pi Toshkent shahrida istiqomat qilmoqda — 28 nafar. Undan keyingi o‘rinni 11 nafar urush faxriysi bilan Toshkent viloyati egallagan. Farg‘ona viloyatida besh nafar, Andijon, Xorazm va Buxoro viloyatlarida — uch nafardan, Namangan va Qashqadaryo viloyatlarida — ikki nafardan, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida esa bir nafardan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bor.

 
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolmagan.
Foto: “Daryo”

Faxriylarning 14 nafari urush nogironlari hisoblansa, yana 14 nafari bevosita urush qatnashchilaridir. 13 nafari esa Leningrad qamalida ishtirok etgan, 19 nafari konslagerda tutqun bo‘lgan.

 

Andijon viloyati

 
  • Abdug‘ani G‘apparov — 1924-yili Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, harakatlana olmaydi, aravada);
  • Imin Temirov — 1925-yili Marhamat tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, harakatlana olmaydi, aravada);
  • Umarali Atabayev — 1925-yili Paxtaobod tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, mustaqil harakatlanadi);
  • Hasanboy Xolmatov — 1926-yili Andijon viloyatida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yordam orqali harakatlana oladi).

Buxoro viloyati

 
  • Fayzulla Xojiyev — 1922-yili Buxoro tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Xojimurot Bektoshov — 1926-yili Olot tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, mustaqil harakatlana oladi);
  • Ahmed Muxsinov — 1924-yili Buxoro tumanida tug‘ilgan (urush nogironi, yordam orqali harakatlana oladi).

Qashqadaryo viloyati

 
  • Ruziboy Sattarov — 1910-yili Qamashi tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, harakatlana olmaydi);
  • Omon Boboyev — 1925-yili Shahrisabz tumanida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yordam orqali harakatlana oladi).

Namangan viloyati

 
  • Mamatibragim Inomov — 1922-yili Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Odiljon Zakirov — 1923-yili Norin tumanida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yordam orqali harakatlana oladi).

Samarqand viloyati

 
  • Ahat Ochilov — 1925-yili Samarqand shahrida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yordam orqali harakatlana oladi).

Surxondaryo viloyati

 
  • Shohimardon Hamroyev — 1922-yili Boysun tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, yordam orqali harakatlana oladi).

Toshkent viloyati

 
  • Tursunbay Musurmankulov — 1923-yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, harakatlana olmaydi);
  • Anorboy Jalilov — 1926-yili Parkent tumanida tug‘ilgan (2-guruh nogironi, mustaqil harakatlanadi);
  • Bekseit Baymurzayev — 1924-yili Yuqori Chirchiq tumanida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, harakatlana olmaydi);
  • Nadir Mansurov — 1926-yili Yangiyo‘l tumanida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yordam orqali harakatlana oladi).

Farg‘ona viloyati

 
  • Usmonjon Rahimov — 1925-yili O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, harakatlana olmaydi).

Xorazm viloyati

 
  • Bekchon Matnazarov — 1922-yili Xazorasp tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Vapo Iskandarov — 1925-yili Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Babadjan Madaminov — 1919-yili Gurlan tumanida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, yordam orqali harakatlana oladi).

Toshkent shahri

 
  • Akmal Akramov — 1924-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan (1-guruh nogironi, mustaqil harakatlanadi);
  • Tamara Mixaylovna Sokolova — 1935-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan (Leningrad qamali, mustaqil harakatlanadi).

Bundan tashqari, xorijda tug‘ilgan va hozirda O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi faxriylari ham bor. 

 

Rossiya

 
  • Vera Tolpeyeva — 1926-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, harakatlana olmaydi);
  • Galina Bolochenkova — 1938-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Nikolay Prokoshin — 1927-yili Rossiyada tug‘ilgan (urush qatnashchisi, harakatlana olmaydi);
  • Zinaida Kozireva — 1938-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Vera Vyalseva — 1926-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Larisa Sharova — 1929-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, mustaqil harakatlanadi);
  • Fatina Sharipova — 1939-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi)
  • Mariya Karnishina — 1929-yili Rossiyada tug‘ilgan (urush qatnashchisi, mustaqil harakatlanadi);
  • Anna Georgiyevna Karimova — 1924-yili Rossiyada tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yotib qolgan, harakatlana olmaydi);
  • Fedor Fedin — 1927-yili Rossiyada tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Valeriya Sapriko — 1939-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, mustaqil harakatlanadi);
  • Nina Sokolova — 1937-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, mustaqil harakatlanadi);
  • Irina Pankova — 1940-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, mustaqil harakatlanadi);
  • Margarita Filanovich — 1937-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Gelman Knyazev — 1939-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi);
  • Svetlana Maltseva — 1938-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, harakatlana olmaydi);
  • Nina Ananyeva — 1937-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi, gospitalga yotishni rad etgan);
  • Anatoliy Burikin — 1940-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi, bayramdan so‘ng gospitalga yotish istagini bildirgan);
  • Mariya Komarova — 1938-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Natalya Spivak — 1937-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, harakatlana olmaydi);
  • Mariya Degtyarova — 1940-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi);
  • Nadejda Kudrizkaya — 1928-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, yotoqda, harakatlana olmaydi);
  • Vladimir Kuznetsov — 1927-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi)
  • Lyubov Kireyeva — 1926-yili Rossiyada tug‘ilgan (konslager, harakatlana olmaydi);
  • Yuriy Smolich — 1937-yili Rossiyada tug‘ilgan (Leningrad qamali, harakatlana olmaydi).

Belarus

 
  • Vladimir Alekseykov — 1941-yili Belarusda tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi, gospitalda yotish istagini bildirgan);
  • Galina Prokofyeva — 1937-yili Belarusda tug‘ilgan (konslager, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Lyudmila Minovarova — 1937-yili Belarusda tug‘ilgan (konslager, yordam orqali harakatlana oladi).

Ukraina

 
  • Elvira Yakimenko — 1942-yili Ukrainada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi);
  • Vera Juravskaya — 1945-yili Ukrainada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi);
  • Nina Martinova — 1937-yili Ukrainada tug‘ilgan (Leningrad qamali, yordam orqali harakatlana oladi);
  • Alla Funtikova — 1945-yili Ukrainada tug‘ilgan (konclager, yordam orqali harakatlana oladi).

Avstriya

 
  • Mariya Ovasapova — 1943-yili Avstriyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi).

Germaniya

 
  • Roza Jannazarova — 1944-yili Germaniyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi);
  • Rustem Menaliyev — 1945-yili Germaniyada tug‘ilgan (konslager, mustaqil harakatlanadi).

Qozog‘iston

 
  • Antonina Kolomintseva — 1926-yili Qozog‘istonda tug‘ilgan (urush qatnashchisi, yotib qolgan);
  • Nikolay Petrunin — 1924-yili Qozog‘istonda tug‘ilgan (1-guruh nogironi, yotoqda, harakatlana olmaydi.
 
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston II jahon urushi davrida (1939-1945 yillar) 6,5 million aholiga ega bo‘lgan va 1 million 951 mingdan ortiq kishini frontga jo‘natgan. Ulardan 538 ming nafari frontda halok bo‘lgan. 
Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Ikkinchi jahon urushi yillarida o‘zbekistonlik askar Boqijon Akramovning hayotini saqlab qolgan Buyuk Britaniya fuqarolari — marhum Jon va Fillis Emili Le Bretonni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. 2026-yilda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
Daryo.uz
Powered by GSpeech