“Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng asosiy şarti va garovidir. Bu hal qiluvçi omillar davlatning xalqaro huquq subyekti sifatida dunyo hamjamiyatida munosib örin egallaşi, xalqning tinç va farovon hayotini ta’minlaş, uning barça manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi.
Bizning milliy mustaqilligimiz mard va matonatli xalqimizning qat’iy irodasi, istiqlol yölida kuraşgan fidoyi ajdodlarimiz orzu-umidlarining röyobi bölib, Yangi Özbekistonni barpo etişga qaratilgan ezgu işlarimizning mustahkam asosi, kelajak avlodlarimiz uçun bezavol yetkazişimiz şart bölgan buyuk va muqaddas qadriyatdir”.
Bu fikrlar Özbekiston Prezidentining-2026-yil 1-aprelda qabul qilingan “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligini keng nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarori muqaddimasida ta’kidlangan. Qaror bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan ğoyaviy-badiiy konsepsiya va dastur tasdiqlandi hamda şu negizda yurtimiz böylab eng uluğ va eng aziz bayramimiz tadbirlari ötkazilmoqda.
Istiqlol bayramining uşbu boş şiori öz ma’no-mazmuniga köra 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizning tub mohiyatiga batamom uyğundir. Bunga birgina misol: Asosiy Qonunimiz “Özbekistonning yagona xalqi” degan yanada haqqoniy tuşunça bilan boyitildi. Ya’ni, “yagona xalq” tuşunçasining mazmun-mohiyati Vatanimizda doimiy asosda yaşab kelayotgan fuqarolar va barça zamindoş insonlar taşkil etişiga oid real voqelik konstitutsiyaviy asosda mustahkamlab qöyildi.
Keyingi ön yilda Yangi Özbekistonni barpo etişda jamiyatimiz va davlatimiz “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak”, degan insonparvar ğoyaga tayanmoqda. Bunday ğoyatda demokratik yondaşuv ham aynan xalqimiz manfaatlariga xizmat qilmoqda.
Mahalla – jamiyatning yuzi. Mamlakatimizdagi barça özgarişlar, avvalo, şu yerda öz ifodasini topadi. Binobarin, Yangi Özbekistonda şunday tizim yaratildiki, ilgari jiddiy deb hisoblagan köplab masalalarga yeçim endilikda aynan mahallaning özida topilyapti.
Şu ma’noda, Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan mamlakatimizda-2026-yil – “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili”, deb e’lon qilingani bejiz emas. Zero, davlatimiz rahbari işonç bilan qayd etganidek, mahalla tinç va ahil bölsa, jamiyatimiz tinç va hamjihat böladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada har bir insonning öz huquqlarini himoya qiliş uçun milliy va xalqaro institutlarga murojaat qiliş huquqi kafolatlandi. Konstitutsiyaviy şikoyat instituti konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanib, fuqarolar Konstitutsiyaviy sudga bevosita murojaat qiliş huquqiga ega böldi. Jahon mamlakatlari orasida birinçilardan bölib inson huquqlari böyiça milliy institutlarning maqomi konstitutsiyaviy darajada ta’minlandi.
Yanada muhimi, sönggi yillarda Yangi Özbekiston jahon siyosatining obyekti emas, balki tom ma’noda faol va taşabbuskor subyektiga aylandi. Zero, XX asr boşidan toki yaqin davrlargaça Özbekiston jahon siyosati obyekti bölgan va unga nisbatan goh “yaqin xorij”, goh “xomaşyo bazasi”, goh esa “postsovet hududi” kabi bepisand “yorliq”lar qöllanib kelingani sir emas.
Keyingi ön yilda mamlakatimiz jahon siyosatida boşqalarning ortidan ergaşadigan taşabbussiz obyekt holatidan dadil çiqib oldi. Yanada e’tiborlisi, dunyoda keskin geosiyosiy özgarişlar yuz berayotgan bugungi murakkab şaroitda Yangi Özbekiston xalqaro hamjamiyatga iqlimni muhofaza qiliş, “yaşil” iqtisodiyotni joriy etiş, fuqarosizlikka barham beriş, inson huquqlarini ta’minlaş kabi turli sohalarda yangi ğoya hamda loyihalarni taqdim etayotgan jahon siyosatining faol aktori hisoblanadi.
E’tibor bering: Mamlakatimiz BMTning fuqarosizlikni bartaraf etiş böyiça tavsiyalarini bajariş borasida tarixiy yutuqqa erişdi. Gap şundaki, 1991-yildan 2016-yilgaça bor-yöği 482 kişi Özbekiston fuqaroligini olgan bölsa, 2017-yildan 2026-yilgaça 85 mingdan ortiq kişi Özbekiston fuqaroligiga ega böldi. Bu körsatkiç mamlakatimizdagi insonparvar siyosat jamiyatning hamma qatlamlarini qamrab olişga va inson qadr-qimmatini tom ma’noda hurmat qilişga qaratilganini baralla namoyon etadi.
Davlatimiz rahbari mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça qator taşabbuslarni ilgari surdi. Markaziy Osiyo davlatlari bugungi kunda dolzarb bölgan mintaqaviy masalalarni oçiq va samimiy muhokama qila boşladi. Natijada xalqaro siyosiy luğatda mintaqaviy taraqqiyotni ta’minlaşga xizmat qiluvçi öziga xos modelni aks ettiradigan “Markaziy Osiyo ruhi”, “Yangi Markaziy Osiyo” atamalari şakllandi.
Yangi Özbekiston global masalalar muhokama qilinadigan xalqaro muloqot maydoni sifatida özini yaqqol namoyon etayotgani alohida tahsinga sazovor. BMTning teng huquqli va tölaqonli a’zosi sifatida Özbekiston tenglik, hamkorlik, köptomonlamalik va xalqaro siyosiy tizimni himoya qiliş prinsiplariga sözsiz amal qilişini namoyiş etmoqda. Sönggi vaqtlarda xalqaro nizolarni tinç yöl bilan hal etiş, yangi global qurolli töqnaşuvlarning oldini oliş, mamlakatlar örtasida hamkorlikni yölga qöyiş, global muloqot, global harakatlar va butun dunyoda inson huquqlarini himoya qiliş kabi ğoyalarni faol ilgari surmoqda.
Mamlakat içki siyosati samaralariga kelsak, joriy yil davlat boşqaruvi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyot tarmoqlari, ta’lim, ilm-fan, tibbiyot, madaniyat, sport, ekologiya tizimini – barça-barça sohalarni rivojlantirişda tub buriliş yili sifatida közga taşlanmoqda. Bu hayotiy haqiqatning tasdiği uçun ayrim misollarni keltiramiz.
Konstitutsiyamizga asosan davlat zimmasiga yuklatilgan ijtimoiy majburiyatlarni bajariş hamda yurtimizda ijtimoiy davlat barpo etiş borasida ham ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, 1 million nafardan ziyod fuqaro kambağallikdan çiqarildi, kambağallik darajasi 6,6 foizga tuşirildi.
Özbekistonda aholining örtaça umr köriş davomiyligi sezilarli darajada oşdi. Ma’lumotlarga köra, 2025-yil yakunlari böyiça bu körsatkiç 75,4 yoşni taşkil etgan. Istiqlolning ilk davri — 1991-yilda esa mamlakatda örtaça umr köriş davomiyligi 66,4 yoş bölgan. Demak, ötgan 35-yilda xalqimizning örtaça umr köriş darajasi naq töqqiz yilga uzayibdi.
Donişmand oqsoqollarimiz duoga qöl oçganda, birinçi bölib aytadigan tilagi: “Umring uzoq bölsin!” degan ezgu niyat ekanini yaxşi bilamiz. Şu ma’noda, Vatanimiz, millatimiz, xalqimiz mustaqilligi hatto Yaratganga ham xuş kelgandirki, biz bandalarining umrini tobora uzaytirmoqda. Öziga behisob şukrlar bölsin!
Bundan bir yilça ilgari – 2025-yil avgustida Mustaqillik kuni munosabati bilan bayram tantanasida sözga çiqqan Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev sönggi yillarda tibbiyot uçun ajratilayotgan mablağlar 6 karra oşirilganini, aholining turmuş şaroitlari yaxşilanib borayotgani natijasida örtaça umr köriş darajasi 73,8 yoşdan 75,1 yoşga uzayganini qayd etgandi.
E’tibor bering: atigi 10 oyning nari-berisida yurtimizda örtaça umr köriş darajasi salkam 2 yoşga ortibdi. Ayni çoğda, “Özbekiston–2030” strategiyasida aholining örtaça umr davomiyligini 78 yoşga yetkaziş maqsad qilingan.
Yana bir muhim raqam: Milliy statistika qömitasi ma’lumotiga qaraganda,-2026-yil 1-aprel holatiga Özbekistonning doimiy aholisi soni 38 million 382 ming 685 nafarni taşkil etgan. Joriy yil iyun oyi oxirida e’lon qilingan röyxatga oliş natijalariga köra esa, yurtimiz aholisi soni 39 million nafardan oşgan.
Ya’ni, mamlakatimizda aholi soni 1989-yildagi röyxatga oliş natijalariga nisbatan 2 barobar ortgan. Bu raqam Istiqlol yillarida xalqimiz nufusi ikki karra köpayganidan dalolat beradi. Bunday natija xalqimizga xos: “Özlaringdan köpayinglar” degan yana bir xayrli duo ijobat bölayotganini körsatib turibdi.
Albatta, oilada farzandlar, nabiralar va çevaralar soni köpayişi naslning davom etişi va kengayişini kafolatlaydi. Şu bilan birga, xalqimiz dunyoqaraşi va ma’naviy qadriyatlarimiz tamoyillariga tayanadigan bölsak, ayni mavzuning bir qator ma’naviy va amaliy jihatlari ham borligi yaqqol namoyon böladi.
Birinçi jihat – solih farzandlar tarbiyasi. Gap şundaki, el-yurt nufusining ortib borayotgani ma’qul, şuning barobarida, köp sonli naslimizning tarbiyali, ilmli va jamiyatga foydasi tegadigan insonlar bölib yetişişi ham muhim va dolzarb masaladir.
Ikkinçi jihat – baraka va rizq barqarorligi hamda bardavomligi. Oilaga, öz navbatida, jamiyatga yangi a’zolar qöşilişi bilan birga xonadonga va mamlakatga qut-baraka bilan rizq-rözning kengayib kirib kelişini barqaror ta’minlaş talab etiladi.
Uçinçi jihat – an’analar davomiyligi. Sodda qilib aytganda, oila a’zolari köpaygani va aholi soni ösganini bahona qilib, ota-bobolarimizdan qolgan maqbul xislat va fazilatlar, kasb-hunar va gözal qadriyatlarning avloddan avlodga ötişini e’tibordan çetda qoldirişga yöl qöymasligimiz kerak .
Törtinçi jihat – kuç va birdamlik omili. Oila a’zolari köpayib, bir-biriga tirgak va suyanç bölişi, qarindoşlik riştalarining mustahkamlanişi jamiyatimiz ravnaqi, davlatimiz taraqqiyoti va Vatanimiz obrö-e’tiborini yuksaltiriş yölidagi mustahkam ma’naviy tayanç hisoblanadi. Binobarin, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 76-moddasida belgilab qöyilganidek, “Oila jamiyatning asosiy böğini hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir”.
Şu ma’noda, Özbekistonda 35-yillik mustaqillik davrida (1991–2026-yillarda) qölga kiritilgan eng asosiy yutuqlar avvalo milliy davlatçilik asoslarini quriş, iqtisodiy suverenitet, infratuzilma mustaqilligi va global dunyoga integratsiyalaşuv bilan boğliqligi bejiz emas. Bunda avvalo davlatçilik va suverenitetni şakllantiriş, rivojlantiriş hamda mustahkamlaş yönalişlarida bir qator muhim tarixiy natijalarga erişildi.
Bu haqda fikr yuritganda, Özbekiston mustaqillik yillarida turli sohalarda erişgan bemisl yutuqlarning aksariyati oxirgi 10-yilga (2016–2026-yillar) töğri kelişini e’tirof etiş kerakki, bu ham farz, ham qarz hisoblanadi. Yangi davrdagi eng asosiy yutuqlar iqtisodiy erkinlik, xalqaro oçiqlik, davlat xizmatlarining raqamlaşişi va ijtimoiy sohadagi tub burilişlar bilan çambarças boğliq.
Sönggi yillarda mamlakatimiz, mintaqamiz, butun sayyoramiz miqyosida tinçlikni saqlaş, özaro işonçni mustahkamlaş, ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantiriş, ekologiyani muhofaza qiliş, şuningdek, ilğor innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va “yaşil iqtisodiyot”ni çuqur tatbiq etiş orqali barqaror taraqqiyotni ta’minlaş yölida tom ma’noda bemisl samaralarga erişilmoqda. Uşbu natijalarning barçasi mukarram zot – inson qadrini uluğlaşga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.
Istiqlolning 35-yilligi katta bayram qilinayotgan joriy yilda Sohibqiron Amir Temur, Mir Alişer Navoiy bobolarimizning qutluğ tavallud ayyomlari ham keng nişonlangani zamirida öziga xos ramziy ma’no mujassam. Zero, uluğ alloma ajdodimiz Ab-u Rayhon Beruniyning: “Vaqt pillapoyasi çeksizdir, bir-birining örnini egallab boradigan avlodlar zinadan zinagaça kötariladilar, xolos. Jamlangan tajribani har bir avlod özidan keyin kelayotgan, özidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan navbatdagi avlodga yetkazib beradi”, degan purhikmat fikrlari bor.
Bu bebaho fikrlarni izçil rivojlantiriş asnosida Birinçi Şarq Uyğoniş davri va Ikkinçi Şarq Uyğoniş davri – ana şu ikki Renessans tom ma’noda insoniyat taraqqiyotining oltin pillapoyalari sifatida tarix sahifalariga muhrlangan. Şarqning butun insoniyat tarixidagi nodir ijtimoiy hodisa bölgan har ikki Renessansi buyuk ajdodlarimizning ilm-ma’rifat va kuçli e’tiqod, diniy bağrikenglik va insonparvarlik borasidagi ezgu ğoyalari bilan yöğrilgan edi. Bu ğoyalar Özbekiston mustaqilligi yillarida alohida, yanada teran ma’no-mazmun kasb etib bormoqda.
Mamlakatimizda Uçinçi Renessansni XX asrda ma’rifatparvar jadidlar amalga oşirişlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrini milliy uyğoniş ğoyasiga bağişlab, ölkani jaholat va qoloqlikdan olib çiqiş, millatimizni ğaflat botqoğidan qutqariş uçun bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etganlar.
Şukrki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahnamoligida Özbekistonda yangi Uyğoniş davri, ya’ni Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş asosiy maqsad etib belgilandi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “Biz Uçinçi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qöyib, uni milliy ğoya darajasiga kötarmoqdamiz”.
Xulosa qilib aytganda, jonajon Vatanimiz bugun yangiça siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yaşab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda.
Çunki, Prezidentimiz faxr-u iftixor bilan e’tirof etganlaridek, “Mamlakatimizning milliy suvereniteti va davlat mustaqilligi ğoyalarining siyosiy-huquqiy kafolatlarini özida mujassam etgan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hamda “Özbekiston – 2030” strategiyasi asosidagi taraqqiyot yölimiz inson qadr-qimmatini yuksaltiriş, köp millatli jamiyatimizda döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylaş, yurtimizda tinçlik va barqarorlikni ta’minlaş, uning mudofaa qobiliyatini kuçaytiriş, mintaqada yaxşi qöşniçilikni rivojlantiriş hamda Vatanimizning xalqaro obrö-e’tiborini oşirişda mustahkam tayanç bölib kelmoqda”.
Akmal SAIDOV,
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik
«GULISTON» jurnalining 2026-yildagi 4-soni
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining kutubxonasi
