Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Josus közoynak – yilning eng maşhur iborasi

Avstraliyaning “Macquarie” luğati 2026-yil uçun eng muhim ibora sifatida “pervert glasses” atamasini tanladi. Bu nom yaşirin kamerasi bor aqlli közoynakka nisbatan qöllanadi. Hayʼat fikriça, uşbu ibora sunʼiy intellekt jadal rivojlanayotgan, odamlarning şaxsiy hayoti daxlsizligi tobora köproq xavf ostida qolayotgan davrni aks ettiradi.

Sönggi vaqtda jamoatçilik eʼtiboriga tuşgan “Meta” kompaniyasiga tegişli “Ray-Ban” aqlli közoynagi kamerasi orqali odamni öziga bildirmay surat yoki videoga oliş mumkin. Tabiiyki, ayni holat şaxsiy hayot daxlsizligi bilan boğliq xavotirni kuçaytiradi. Yevropa davlatlarida nazorat idoralari va ayrim qonun çiqaruvçilar bunday qurilmadan foydalanişni çeklaş taklifini ilgari surgan. Masalan, Angliya va Uelsda sud josus közoynakdan foydalanişni taqiqlagan.

“Macquarie” luğati avvalgi yillarda ham zamon ruhini aks ettiruvçi atamalarni saralagan. 2025-yil “AI slop” – sunʼiy intellekt yaratgan sifatsiz kontent, 2024-yil esa “enshittification” – raqamli xizmat sifati yomonlaşuvi yil sözi bölgan edi. Yangi röyxatga SI yordamida odam suratini kiyimsiz körinişga keltirişni anglatuvçi “nudify” va “AI;DR” – “SI yaratgan matnni öqimadim” iborasi ham kiritilgan.

Musulmon Ziyo, ÖzA

Nashr sanasi 25.11.2026 Ko'rishlar 38
Ulashish