Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

«Samarqand tasavvuri – 2040»: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yölidagi global hamkorlikka çorlovçi hujjat

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning bundan sakkiz yil oldingi taşabbusi bilan Inson huquqlari böyiça Samarqand forumlarini har ikki yilda ötkaziş yaxşi an’anaga aylandi. Kuni keça bölib ötgan Beşinçi Samarqand forumi uşbu an’ananing neçoğlik dolzarbligi va hayotiyligini yana bir bor amalda yaqqol tasdiqladi.

Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, “Yurtimizda ilk bor-2018-yilda ötkazilgan Inson huquqlari böyiça Osiyo forumi jahon amaliyotiga öziga xos “Samarqand ruhi”ni olib kirdi desak, heç mubolağa bölmaydi. Şu tariqa inson huquqlari sohasidagi eng dolzarb muammolarga bağişlangan Samarqand forumlarini ötkaziş yaxşi an’ana tusini oldi”.

Inson huquqlari böyiça “Samarqand ruhi”ning tub mohiyati, şubhasiz, Samarqand forumi kabi foydali muloqot maydonlarida xalqaro standartlar va milliy tajribaning özaro boyib borişida namoyon böladi. Bu jarayonda xalqaro standartlar milliy qarorlar, institutlar va mexanizmlarda amaliy ifodasini topişi, milliy tajriba esa oçiq muloqot va özaro hurmat asosida xalqaro hamkorlikni boyitişi tayin.

Ikki kun davomida Toşkent va Samarqandda inson huquqlarining eng dolzarb masalalari böyiça mazmunli va oçiq muhokamalar olib borildi. Forumning yalpi va şöba majlislarida 100 dan ortiq ma’ruzaçi offlayn va onlayn tarzda sözga çiqdi.

Forum doirasida inson huquqlari sohasidagi ikki asosiy xalqaro paktning-60-yilligi va Rivojlaniş huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning-40-yilligiga oid masalalar bilan bir qatorda, bolalar, ayollar va nogironligi bölgan şaxslar huquqlari, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, fuqaroliksizlikni oldini oliş kabi muhim mavzular muhokama qilindi.

BMTning Inson huquqlari böyiça oliy komissari taşabbusi bilan joriy qilingan Inson huquqlari böyiça Global alyansning asosiy qoidalarini qöllab-quvvatlagan holda Samarqand Forumida:

birinçidan, inson huquqlarining universalligi, bölinmasligi, özaro boğliqligi va özaro bir-birini töldirişi tamoyillariga sodiqlik yana bir bor tasdiqlandi;

ikkinçidan, inson huquqlari böyiça xalqaro standartlarni milliy qonunçilik, sud amaliyoti, davlat institutlari va milliy mexanizmlar orqali samarali amalga oşiriş masalalari tahlil qilindi;

uçinçidan, inson huquqlari, taraqqiyot, tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikning özaro boğliqligiga alohida e’tibor qaratildi;

törtinçidan, xalqaro va milliy tajribani özaro almaşiş, davlatlar va institutlarning özaro örganişi hamda amaliy hamkorligini kuçaytirişga qaratilgan takliflar işlab çiqildi.

Bu muhokamalarning barçasini birlaştirib turadigan boş mezon — bu inson qadr-qimmati, tenglik va har bir insonning huquq va erkinliklarini amalda ta’minlaşdir.

Forumning yakunlovçi yalpi majlisida qabul qilingan «Samarqand tasavvuri – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yölidagi global hamkorlik» nomli yakuniy hujjat mazmun-mohiyati bunga yaqqol misol. Uşbu hujjatda quyidagi ustuvor vazifalar, ya’ni:

birinçisi, xalqaro paktlarda belgilangan huquqlarni samarali amalga oşiriş va milliy mexanizmlarni yanada takomillaştiriş;

ikkinçisi, rivojlaniş huquqini inson huquqlari, ijtimoiy adolat, kambağallik va tengsizlikni qisqartiriş bilan uzviy boğlaş;

uçinçisi, ayollar, bolalar, yoşlar, keksalar, nogironligi bölgan şaxslar va boşqa ehtiyojmand guruhlar uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaş;

törtinçisi, raqamli muhit va sun’iy intellektdan foydalanişda inson qadr-qimmati, şaxsiy hayot daxlsizligi, tenglik, şaffoflik va hisobdorlikni ta’minlaş;

beşinçisi, har bir insonning toza, soğlom va barqaror atrof-muhitga bölgan huquqini himoya qiliş, iqlim özgarişining eng zaif guruhlarga ta’sirini kamaytiriş;

oltinçisi, fuqarolikka ega emaslikning oldini oliş va har bir insonning fuqarolikka bölgan huquqini ta’minlaş, tinçlik, xavfsizlik va xalqaro gumanitar huquq talablariga rioya etiş orqali qurolli mojarolar şaroitida inson qadr-qimmatini himoya qiliş işlarini amalga oşiriş muhim deb hisoblanmoqda.

E’tibor bering: «Samarqand tasavvuri – 2040» hujjatining muhim jihati şundaki, unda belgilangan ustuvor maqsadlarni hayotga tatbiq etiş böyiça keyingi amaliy qadamlar ham közda tutilgan. Jumladan:

  • inson huquqlari böyiça xalqaro hamkorlik uçun Raqamli Samarqand platformasini yaratiş imkoniyatlarini örganiş;

  • hujjat ijrosini baholaş körsatkiçlarini işlab çiqiş;

  • milliy tajriba va ma’lumotlar almaşinuvini yölga qöyiş;

  • keyingi Samarqand forumlarida amalga oşirilgan işlar böyiça ixtiyoriy axborot almaşiş taklif etilmoqda.

Şuningdek, 2026–2040-yillarga-möljallangan yöl xaritasida raqamli platformani rivojlantiriş, amalga oşiriş körsatkiçlarini şakllantiriş, birinçi ixtiyoriy şarhni ötkaziş, oraliq va yakuniy baholaş kabi bosqiçlar belgilandi.

Bularning barçasi, albatta, Samarqand forumlarining «muloqotdan amaliy harakatga» ötiş tamoyilini yanada mustahkamlaydi.

Bugungi globallaşuv jarayonida qadr-qimmat, barqarorlik va adolatli rivojlanişning tayançi bölmiş inson huquqlari sohasida Özbekiston yangi xalqaro taşabbuslarni ilgari surişni taklif etmoqda.

Birinçi taklif: Jadal rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning inson huquqlariga ta’sirini inobatga olgan holda, inson qadr-qimmati, tenglik, kamsitilmaslik, şaxsiy hayot daxlsizligi va boşqa huquq va erkinliklarni işonçli himoya qilişga qaratilgan «Inson huquqlari va sun’iy intellekt böyiça dasturiy qoidalar»ni işlab çiqiş.

Uşbu qoidalar sun’iy intellektni inson manfaatlariga xizmat qiladigan, xavfsiz va mas’uliyatli tarzda rivojlantiriş böyiça xalqaro hamkorlikka munosib hissa qöşadi, deb öylaymiz.

Ikkinçi taklif: Taraqqiyot huquqi töğrisidagi deklaratsiyaning-40-yilligi munosabati bilan ayni paytda BMT Inson huquqlari böyiça kengaşida işlab çiqilayotgan Taraqqiyot huquqi böyiça konvensiya loyihasini qat’iy qöllab-quvvatlaş.

Taraqqiyotning samaralari har bir inson, har bir oila va har bir xalqqa yetib borişi, biron-bir inson yoki millat bu jarayondan çetda qolmasligi lozim. Şuning uçun taraqqiyot huquqini amalga oşirişning samarali mexanizmlarini muhokama qiliş va barça insonlar uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaşga qaratilgan amaliy takliflarni işlab çiqiş bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Beşinçi Samarqand forumi muhokamalarida ayni takliflar qizğin qöllab-quvvatlangani juda muhim. Zero, mazkur nufuzli Forumda bildirilgan fikrlar, qabul qilingan taklif va tavsiyalar, şuningdek, «Samarqand tasavvuri – 2040»ning umumiy maqsad va vazifalari inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Muxtasar aytganda, Inson huquqlari böyiça beşinçi Samarqand forumida yana bir bor yaqqol namoyon bölgan «Samarqand ruhi», ya’ni oçiq muloqot, özaro hurmat, hamjihatlik, tajriba almaşiş va umumiy yeçimlarni birgalikda izlaş ruhi bundan buyon ham inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikka xizmat qiladi. Bu tabarruk ruh 2028-yilda-– Inson huquqlari böyiça umumjahon deklaratsiyasining-80-yilligiga bağişlanadigan navbatdagi Samarqand forumida körişgunga qadar har birimizga bardam kuç-quvvat va bemisl şijoat bağişlaşiga aminmiz.

 

Akmal Saidov,

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori

«Işonç»-gazetasining-2026-yil-24-noyabr kungi 145 (5365)-soni

 

Nashr sanasi 24.11.2026 Ko'rishlar 123
Ulashish