2026-yil-17-noyabr kuni Toşkent şahrida nodavlat notijorat taşkilotlari (NNT) va yuridik klinikalar vakillari uçun fuqaroligi bölmagan şaxslarni, şuningdek, xalqaro himoyaga muhtoj şaxslarni aniqlaş va yönaltiriş masalalari böyiça seminar böldi. Tadbir Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMT Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazildi.
Seminar Milliy markaz va BMT Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi Mintaqaviy vakolatxonasining-2026-yilga möljallangan qöşma iş rejasi doirasida taşkil etildi. U fuqarosizlikni qisqartiriş hamda unga barham beriş masalalariga bağişlangan tadbirlar turkumining ikkinçi kunida bölib ötdi.
Seminarda huquqiy identifikatsiya, fuqarosizlik, aholini hujjatlaştiriş va turdoş masalalar böyiça yuridik yordam va maslahatlar körsatayotgan NNT va yuridik klinikalar xodimlari, şuningdek, Milliy markaz, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman) idorasi, Içki işlar vazirligi va Adliya vazirligi vakillari iştirok etdi.
Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov tadbirni oçar ekan, Milliy markaz-2021-yildan buyon BMT Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi bilan faol hamkorlik qilib kelayotganini ta’kidladi. Jumladan, 2025 yilgi hamkorlik rejasi doirasida «Madad» NNT va boşqa NNT vakillari uçun fuqarosizlikni kamaytiriş va bartaraf etiş masalalari böyiça ikkita axborot sessiyasi ötkazildi. Ötgan yilning noyabr oyida esa NNT va yuridik klinikalar vakillari, sudyalar hamda içki işlar organlari xodimlari uçun turkum öquv tadbirlari taşkil etildi.
Seminarda asosiy e’tibor NNT va yuridik klinikalarning fuqaroligi aniqlanmagan şaxslar, fuqaroligi bölmagan şaxslar va xalqaro himoyaga muhtoj şaxslarni aniqlaş va yönaltiriş böyiça salohiyatini qöllab-quvvatlaşga qaratildi. Şuningdek, uzoq muddatli yeçimlar va fuqarosizlikning oldini olişga kömaklaşiş uçun davlat organlari, fuqarolik jamiyati taşkilotlari va BMT Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi örtasida yanada yaqin hamkorlikni yölga qöyiş masalalari alohida diqqat markazida böldi.
A. Saidov fuqarosizlik muammosini hal etiş «Özbekiston – 2030» strategiyasida mustahkamlangan davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekanini qayd etdi. Binobarin,-2020-yilda «Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida»gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinişi bu borada hal qiluvçi qadam böldi.
Mazkur Qonun asosida-2005-yil-1-yanvarga qadar mamlakatda doimiy yaşab kelgan şaxslarni fuqaro deb e’tirof etiş instituti joriy etildi. Bundan taşqari, kamida-15-yildan buyon Özbekistonda yaşayotgan şaxslar uçun tartib-taomillar soddalaştirildi hamda bolalar örtasida fuqarosizlikning oldini oliş kafolatlari mustahkamlandi.
Şuningdek, #IBelong global kampaniyasi yakunlangaç,-2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada fuqarosizlikni bartaraf etiş töğrisidagi Aşxobod deklaratsiyasini qabul qildi. BMT Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi ma’lumotlariga qaraganda, uşbu kampaniya boşlanganidan buyon mintaqada 218 mingdan ortiq fuqarosizlik holati hal etilgan.
Ayni vaqtda fuqarosizlikning qolgan holatlarini aniqlaş va hal etiş, odatda, eng murakkab va notipik vaziyatlar bilan boğliqdir. Seminarda ana şu holatlarning yeçimi aholi bilan bevosita işlaydigan xodimlarning bilimi va malakasiga borib taqalişi ta’kidlandi.
Şu ma’noda, Milliy markaz va BMT Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining qöşma naşrlari — 1954 yilgi Fuqaroligi bölmagan şaxslar maqomi töğrisidagi, 1961 yilgi Fuqarosizlikni qisqartiriş töğrisidagi va 1951 yilgi Qoçoqlar maqomi töğrisidagi konvensiyalar hamda unga doir Protokol matnlarining davlat tilidagi tarjimalari, Parlamentlararo ittifoq va BMT Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasining amaliy qöllanmalari hamda Özbekiston va Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlari qonunçiligi va huquqni qöllaş amaliyotining uşbu konvensiyalar qoidalariga muvofiqligi böyiça qiyosiy-huquqiy tahlil NNT va yuridik klinikalar faoliyatida muhim amaliy kömak bölişi e’tirof etildi.
Seminar yakunida asosiy xulosalar muhokama qilindi. Tadbir iştirokçilariga, jumladan, Adliya vazirligi, Içki işlar vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (Ombudsman), Advokatlar palatasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toşkent davlat yuridik universiteti, «Madad» NNT hamda Özbekiston NNTlarining milliy assotsiatsiyasi vakillariga minnatdorlik bildirildi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
