Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻmon Sultonligi oʻrtasida imzolangan Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitim oʻzaro munosabatlarni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan boʻlib, hamkorlikning barcha jabhalarini rivojlantirishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, marosimda o‘zaro vizadan ozod qilish, sanoat kooperatsiyasi, moliya va iqtisodiyot, imtiyozli savdo, erkin iqtisodiy zonalar, bojxona, transport-logistika, kommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari, uy-joy hamda shaharsozlik, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, sogʻliqni saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, mehnat va inson resurslari, taʼlim, madaniyat va sport, boshqaruv va davlat xizmati, arxivlashtirish hamda boshqa sohalar boʻyicha qabul qilingan 30 dan ziyod hujjatlar almashildi.

“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati