Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

GLOBAL TAHDIDLAR VA MILLATLARARO HAMJIHATLIK

Har yili 15-noyabrda dunyo miqyosida Transmilliy uyuşgan jinoyatçilikning barça şakllarining oldini oliş va ularga qarşi kuraş xalqaro kuni keng nişonlanadi. BMT Boş Assambleyasining 2024-yil mart oyidagi rezolyutsiya asosida ta’sis etilgan uşbu sana xalqaro hamkorlikni kuçaytiriş, qonun ustuvorligini ta’minlaş hamda transçegaraviy jinoiy tuzilmalar keltirib çiqaradigan tahdidlar haqida xabardorlikni oşirişga qaratilgan.

Bugungi kunda uyuşgan jinoiy guruhlar öz ta’sir doirasini kengaytiriş maqsadida raqamli texnologiyalar va virtual aktivlardan ham keng foydalanmoqda. Transçegaraviy sindikatlarning asosiy maqsadi noqonuniy boylik orttiriş bölib, jinoyatçilar, jabrlanuvçilar, guvohlar va yaşirin mablağlar turli davlatlar hududida joylaşgani sababli, heç bir mamlakat bu tahdidlarga yolğiz özi qarşi tura olmaydi.

Mintaqaning geografik joylaşuvi Özbekistonni Tojikiston va Qirğiziston orqali Rossiya hamda Yevropaga yöl olgan geroin va kannabis moddalari uçun tranzit hududga aylantirgan. Bunga qöşimça ravişda sintetik narkotiklar xavfi tobora kuçayib bormoqda. Buning ustiga kiber makondagi firibgarliklar, davlat va xususiy infratuzilmalarga qaratilgan tovlamaçilik dasturlari hamda özini «bank xavfsizlik xizmati» xodimi deb taniştirib, fuqarolarning plastik kartalaridagi mablağlarini ömarayotgan virtual jinoyatçilar tahdidi qöşilmoqda.

Ana şunday murakkab şaroitda Özbekiston Respublikasi IIV tizimida uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça alohida xizmatning taşkil etilişi zamon talabiga munosib amaliy javob böldi. Uşbu ixtisoslaşgan tuzilma jinoiy guruhlarni, ularning homiylari va transçegaraviy aloqalarini ildizi bilan yöq qilişga qaratilgan yaxlit tezkor tizimni şakllantirmoqda. Bundan taşqari, kiberjinoyatçilik va iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarşi kuraşuvçi bölinmalar zamonaviy tahliliy dasturlar bilan ta’minlanib, kriptovalyuta va virtual aktivlar orqali amalga oşirilayotgan şubhali operatsiyalarni tezkorlik bilan töxtatiş salohiyatini oşirmoqda.

Davlatimiz BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC) bilan hamkorlikda Özbekiston tarixida ilk bor uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça Milliy strategiyani işlab çiqişga kirişgani uşbu sohadagi uzoq muddatli siyosat poydevorini yaratmoqda.

Biroq transmilliy jinoyatçilikka qarşi faqat mamlakat içkarisida kuraşiş bilan çeklanib bölmaydi. Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş va ilğor tajriba almaşiş maqsadida Özbekiston nufuzli xalqaro dasturlarda, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YXHT) Kotibiyatining Transmilliy tahdidlar departamenti tomonidan amalga oşirilayotgan «SENTINEL» loyihasida faol iştirok etmoqda.

Ba’zi bir mamlakatlardagi murakkab vaziyat va jinoiy tarmoqlarning özgaruvçanligini inobatga olgan holda, mazkur taşabbus doirasida mutaxassislar uçun foydaligida puxta tayyorlanmoqda. Birinçidan, uyuşgan jinoyatlarni tizimli tergov qiliş va aşyoviy dalillar bilan işlaş könikmalari mustahkamlanmoqda. Ikkinçidan, konspirativ jinoiy tuzilmalarni foş etişda zamonaviy maxsus tergov usullari örgatilmoqda. Uçinçidan, inson huquqlari va kasbiy axloq me’yorlariga rioya etgan holda tergov suhbatlarini ötkaziş hamda körsatuvlarni tahlil qiliş amaliyoti şakllantirilmoqda. Xususan, Anqara şahrida Özbekiston, Qozoğiston va Tojikiston tezkor xodimlari uçun taşkil etilgan qöşma maşğulotlar hamda INTERPOL va CARICC kabi xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik mintaqa tergovçilari örtasida işonçli aloqa örnatişga muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Şu bilan birga, oldimizda hali öz yeçimini kutayotgan jiddiy muammolar mavjud. Korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraşni yangi bosqiçga olib çiqiş, bojxona va çegara nazorati mexanizmlarini töliq raqamlaştiriş hamda jabrlanuvçi va guvohlarni himoya qiliş tizimini kuçaytiriş dolzarb vazifa bölib qolmoqda.

 

Şodiya ISMOILOVA,

Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi yetakçi mutaxassisi.

“POSTDA-NA POST-U-AT THE POST” gazetasining 2026-yil 13-noyabrdagi 46-soni

Nashr sanasi 17.11.2026 Ko'rishlar 315
Ulashish