20-noyabr-kuni Qozon şahrida “Lazarev öqişlari: siyosat va huquq” xalqaro ilmiy konferensiyasi bölib ötdi. Unda Özbekiston nomidan Inson huquqlari böyiça Milliy markaz direktori Akmal Saidov iştirok etdi.
Qozon federal universitetida taşkil etilgan mazkur anjuman atoqli rossiyalik huquqşunos olim, professor Valeriy Lazarev xotirasiga bağişlandi. Özbekiston vakili onlayn formatda “Professor V. V. Lazarevning nazariy merosida siyosiy va huquqiy ta’limotlar tarixi: madaniyatlar muloqotidan huquqiy ğoyalarning qiyosiy tarixigaça” mavzusida ma’ruza qildi.
Akademik A. Saidov ta’kidlaganidek, taniqli huquqşunos olim uslubining alohida qimmati uning ilmiy jasoratida edi. U talabalar va hamkasblarini ötkinçi siyosiy vaziyatga qaramay, haqiqiy birlamçi manbalarga, masalan, Aflotun, Makiavelli, Immanuil Kantning asl matnlariga tayanişga örgatgan.
Xalqaro ilmiy konferensiya mezbon mamlakat, Özbekiston hamda Ozarbayjonning yetakçi huquqşunoslarini birlaştirdi.
Joriy yilda ilk bor ötkazilgan “Lazarev öqişlari” Qozon universiteti hamda Rossiya Hukumati huzuridagi Qonunçilik va qiyosiy huquqşunoslik institutining qöşma loyihasidir. Uşbu Institut, Kutafin nomidagi Moskva davlat yuridik universiteti, Rossiya xalqlar döstligi universiteti, Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti va boşqa bir qator oliy öquv yurtlari “Lazarev öqişlari”ning hamtaşkilotçilari sifatida iştirok etdi.
Iştirokçilarni qutlar ekan, Qozon universiteti prezidenti Riyoz Minzaripov uşbu oliy öquv yurtida huquqşunoslik fani rivojiga katta hissa qöşgan, ilmiy işlari hamon talabgir va dolzarb bölib qolayotgan maşhur olim Valeriy Lazarev faoliyat yuritganidan faxrlanişini bildirdi.
Forum nafaqat huquqşunos olimning xotirasiga hurmat bajo keltiriş, balki soha ekspertlarining iştiroki orqali huquqşunoslik fani rivojiga ta’sir körsatişda davom etayotgan yangi ğoyalarga yuzlaniş imkoniyati hamdir.
Qöşimça qiliş joizki, 2025-yilda vafot etgan atoqli olim xotirasini abadiylaştiriş maqsadida poytaxt Qozon şahridagi köçalardan biriga Valeriy Lazarev nomini beriş va uning memorial xonasini oçiş rejalaştirilgan. Şuningdek, Rossiya yuristlar uyuşmasi tomonidan atoqli olimning xotirasiga bağişlangan medal tayyorlandi hamda naşrlarning şaxsiy biografik materiallarni öz içiga olgan raqamli arxivi yaratildi.
Inson huquqlari böyiça
Özbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
