Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Ertaga – navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi

25-avgust kuni mamlakatimizning barcha hududlarida navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus avtotransport vositalaridan atmosferaga chiqariladigan zararli tashlamalarni kamaytirish, ekologik barqaror muhitni shakllantirish hamda jamoat va ekologik toza transport vositalaridan foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Shu munosabat bilan Ekologiya milliy qo‘mitasi davlat va nodavlat tashkilotlar hamda aholini aksiyada faol ishtirok etishga, elektromobil, velosiped va jamoat transporti kabi ekologik toza transport vositalaridan ko‘proq foydalanishga chaqirdi.

E’tibor bering: «Avtomobilsiz kun» va «Avtomobilsiz hafta» aksiyalari doirasida davlat fuqarolik xizmatchilarining avtotransport vositalaridan foydalanishi javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ma’lumot uchun: «Avtomobilsiz kun» aksiyasi har oyning 10 - va 25-sanalaridan o‘tkazib kelinmoqda. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidentining 2026-yil 25-martdagi «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirishga oid farmonida belgilangan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi

Milliy markazining

 matbuot xizmati

Nashr sanasi 24.08.2026 Ko'rishlar 62
Ulashish