Genderga sezgir adolat tizimini mustahkamlash borasidagi O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi
10-dekabr kuni Toshkent shahrida CSW – 70, ya’ni Ayollar maqomi bo‘yicha komissiyaning 70-sessiyasi oldidan tashkil etilgan yuqori darajadagi uchrashuv doirasida “Genderga sezgir adolatni ta’minlash institutlarini mustahkamlash” mavzusida uchinchi yalpi sessiya o‘tkazildi.
Mazkur sessiya Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjonda xotin-qizlar uchun adolat hamda tenglikni ta’minlash borasida adliya, sud va himoya institutlarini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbirda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston davlatlarining malakali ekspertlari va tegishli mansabdor shaxslari ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan – sessiyada Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining o‘rinbosari Dilnoza Muratova qatnashdi va ma’ruza qildi.
Ishtirokchilarning har biri o‘z mamlakatidagi ilg‘or amaliyot, mavjud muammolar va institutsional islohotlarning borishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, D. Muratova mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish va adolatni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan izchil o‘zgarishlar samaralarini ekspertlik yondashuvi nuqtayi nazaridan atroflicha tahlil qilib berdi.
Uchrashuv doirasida, shuningdek:
-
sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini yaxshilash;
-
genderga sezgir xizmat standartlari;
-
bepul yuridik yordamni kengaytirish;
-
himoya institutlari, raqamlashtirish va tezkor javob mexanizmlarining roli;
-
fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik kabi yo‘nalishlarda mintaqaviy tajriba almashildi.
Ishtirokchilar xotin-qizlar uchun adolat tizimini yanada mustahkamlash nafaqat milliy siyosat, balki mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikning ham muhim omili ekanini ta’kidladilar.
Muloqot yakunida davlatlar delegatsiyalari genderga sezgir adolat tizimlarini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdilar.
Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati
Ўзбекча
English
Русский