JSST: G‘azoda kuchli yomg‘ir tufayli ko‘plab odamlar halok bo‘ldi
So‘nggi 24 soat ichida G‘azo sektorida kuchli yomg‘ir tufayli o‘ndan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
– Minglab oilalar sovuq ob-havoda yetarli darajada himoya qilmaydigan chodirlarda boshpana topishga majbur bo‘lmoqda, - deydi u.

Tuzilma rahbari shuningdek, toza suv yetishmasligi va sanitariya sharoitlarining yomonligi tufayli gripp kabi o‘tkir respirator infeksiyalar, qolaversa, gepatit hamda diareya kabi kasalliklarning ko‘payishi kutilayotganini ta’kidlagan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tashkilot ba’zi yuklarni tashish taqiqlangani sababli G‘azoga tibbiy buyumlarni yetkazib berishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

G.Sattorova, O‘zA
Ўзбекча
English
Русский