Yashil tiklanish yetakchilari: 10 yilda o‘rmon maydonini eng ko‘p oshirgan davlatlar
O‘rmonlar sayyoraning «yashil o‘pkasi» sifatida karbonat angidridni o‘ziga yutadi va kislorod ajratadi. Bundan tashqari, ular o‘ziga xos ekotizimlar va suv aylanishi sikllarini shakllantirib, minglab kilometr uzoqlikdagi hududlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Oxirgi o‘nlab yillar ichida Amazoniya millionlab gektar o‘rmonlarni yo‘qotgan bir paytda, qator davlatlar faol ravishda o‘rmonlarni qayta tiklash dasturlarini amalga oshirmoqda.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga asoslangan yangi infografika 2015 yildan beri qaysi mamlakatlar o‘rmon maydonlari o‘sishi bo‘yicha yetakchi ekanini ko‘rsatadi.
1970-yillardan beri Xitoy «Ulug‘ yashil devor» tashabbusi doirasida minglab, hatto millionlab daraxtlar ekib kelmoqda. Bu dastur Gobi va Takla-Makon cho‘llari qumlarining shaharlar sari surilib borishini to‘xtatish uchun ishlab chiqilgan. Loyiha 2050 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, ayrim mintaqalarda daraxtlarning yashab qolish darajasi pastligi kabi omillarni o‘z ichiga olgan holda, undagi natijalar bir xil emas. Shu bilan birga, 2015 yildan beri mamlakatda o‘rmon maydonlarining sof o‘sishi 1,7 million gektarni tashkil etdi.
Rossiya o‘n yillik davrda 942 ming gektarlik o‘sish bilan jahonda ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu tendensiyaga 2018 yildan boshlab yo‘lga qo‘yilgan, o‘rmon maydonlari o‘sishini tezlashtirishga qaratilgan milliy siyosiy chora-tadbirlar hissa qo‘shmoqda.
Hindiston ham o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha katta milliy maqsadlarni amalga oshirmoqda. Iqlim bo‘yicha o‘z majburiyatlari doirasida mamlakat 2030 yilgacha 26 million gektar o‘rmonni tiklashni rejalashtirgan. 2015 yildan buyon bu yerda o‘rmon qoplamining sof o‘sishi 191 ming gektarni tashkil etdi, bu dunyo bo‘yicha uchinchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Kun.uz
Ўзбекча
English
Русский