Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Sun’iy intellekt etikasi: asosiy qoidalar va talablar

Etika qoidalarining maqsadi sun’iy intellekt tizimlaridan xavfsiz foydalanilishini ta’minlash, shuningdek, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Toshkent davlat yuridik instituti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyev quyidagilarni ma’lum qildi:

– O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining buyrug‘i bilan “Sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha etika qoidalari” tasdiqlandi. Mazkur hujjat 3787-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur etika qoidalari sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy etish hamda ulardan foydalanishda asosiy tamoyillar, talablar, shuningdek ishtirokchilarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

Hujjatga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda quyidagi asosiy tamoyillarga rioya etilishi lozim.

Jumladan, qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, adolatlilik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, ma’lumotlar himoyasi, ishonchlilik va xavfsizlik, mas’uliyat hamda inson nazorati tamoyillariga e’tibor qaratilishi lozim.

Shuningdek, sun’iy intellekt tizimlari tomonidan qabul qilingan qarorlar yakuniy qaror sifatida qabul qilinmasligi, ya’ni ular inson nazorati ostida qayta ko‘rib chiqilishi va yakuniy qaror inson tomonidan qabul qilinishi lozimligi belgilandi.

Xususan, ishonchlilik va xavfsizlik tamoyiliga ko‘ra sun’iy intellekt texnologiya va tizimlarining barqaror va aniq ishlashi, xatolik ehtimoli minimal darajada bo‘lishi, sun’iy intellekt texnologiya va tizimlariga kiritilgan ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishi lozim. Inson huquq va erkinliklariga aloqador yuridik ahamiyatga ega qarorlar, sog‘liqni saqlash (kasalliklarni tashxislash, davolash usullarini belgilash va boshqalar) va boshqa sohalardagi qarorlarni qabul qilishda faqat sun’iy intellektdan foydalanib yaratilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan axborot tizimlari xulosalariga tayanmaslik kerak.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Nashr sanasi 05.08.2026 Ko'rishlar 63
Ulashish