Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

O‘zbekiston – Koreya sherikligini mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Seul shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

To‘plamdan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan shartnoma va bitimlar o‘rin oldi.

photo_2026-09-14_17-01-28
photo_2026-09-14_17-01-29
photo_2026-09-14_17-01-30
photo_2026-09-14_17-01-31
photo_2026-09-14_17-01-32
photo_2026-09-14_17-01-33

Bular ­– transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, texnik ko‘mak, oliy, maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiy mahsulotlarni tartibga solish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, intellektual mulkni himoya qilish, arxiv ishi va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar.

O'zA

Nashr sanasi 15.09.2026 Ko'rishlar 83
Ulashish