Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Özbekiston islohotlari va Samarqand taşabbusining muştarak jihatlari

Ötgan oyda bölib ötgan Beşinçi Samarqand forumi yakuniy hujjati – «Samarqand nigohi – 2040: inson qadr-qimmati, tenglik va barqaror taraqqiyot yölidagi global hamkorlik»ning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasi 81-sessiyasi rasmiy hujjati (A/81/444) sifatida e’lon qilinişi Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro taşabbuslari uçun muhim voqeadir.

Uşbu hujjatning ahamiyatini baholaşda bir jihatga alohida e’tibor qaratiş lozim. Bugungi kunda inson huquqlari böyiça xalqaro hamjamiyat oldida turgan asosiy vazifa yangi tamoyillarni e’lon qilişdangina iborat emas. Eng muhimi, mavjud xalqaro majburiyatlarni milliy qonunçilik, davlat boşqaruvi va insonlarning kundalik hayotida samarali amalga oşirişdir.

Şu ma’noda, «Samarqand nigohi – 2040» nafaqat kelajak haqidagi umumiy tasavvur, balki xalqaro standartlarni milliy tajriba bilan boğlaşga qaratilgan muhim taşabbus sifatida e’tiborga molik.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2023-yil 19-sentyabr kuni BMT Boş Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning asosiy ğoyasi sifatida «Inson qadri va manfaatlari uçun» tamoyilini alohida ta’kidladi.  Uşbu yondaşuv 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda mustahkam huquqiy asosga ega böldi.

Konstitutsiyaning 54-moddasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlaş davlatning oliy maqsadi ekanligi belgilandi. Mazkur konstitutsiyaviy tamoyil 2020-yilda qabul qilingan Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi, «Özbekiston – 2030» strategiyasi hamda-2026-yil 16-fevraldagi Prezident Farmonida belgilangan ustuvor vazifalar bilan uzviy boğliqdir.

Bu borada amalga oşirilayotgan işlarning muayyan natijalari ham mavjud. Jumladan, Prezidentimizning-2026-yil 8-yanvardagi prokuratura organlari xodimlariga yöllagan tabrigida keltirilgan ma’lumotlarga köra, 2025-yilda prokuratura organlari faoliyati natijasida qariyb 512 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklangan, 54 mingga yaqin murojaat, şu jumladan, salkam 29 ming nafar tadbirkorning masalasi hal etilgan.

Mazkur raqamlar inson huquqlarini himoya qilişda davlat institutlari faoliyatining amaliy natijalarini körsatadi. Ayni vaqtda bunday natijalarni yanada çuqur baholaş uçun tiklangan huquqlarning barqaror ta’minlanişi, qonunbuzilişlar takrorlanişining oldini oliş va fuqarolarning huquqiy himoyadan qoniqiş darajasini ham örganiş maqsadga muvofiqdir.

Biroq xalqaro tajriba şuni körsatadiki, huquqiy kafolatlarni yaratiş islohotlarning boşlanğiç bosqiçidir. Ularning samaradorligi fuqarolarning buzilgan huquqlari qay darajada tiklanayotgani, davlat xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatlari va jamoatçilik nazoratining amaliy ta’siri orqali namoyon böladi.

Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi eng muhim amaliy yutuqlaridan biri paxtaçilikda tizimli majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berilganidir. Xalqaro mehnat taşkilotining 2021 yilgi paxta yiğim-terimi yuzasidan ötkazgan mustaqil monitoringi natijalariga köra, terimçilarning 99 foizi ixtiyoriy ravişda mehnat qilgan.

Taşkilot mamlakat paxtaçiligida tizimli majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berilganini e’tirof etgan. Bu natija xalqaro standartlarni milliy siyosatga tatbiq etiş, monitoring ötkaziş va tizimli muammolarni bartaraf etiş orqali sezilarli özgarişlarga erişiş mumkinligini körsatadi.

Mazkur tajribani Germaniya amaliyoti bilan qiyoslaş ham foydalidir. Germaniyada 2023-yildan kuçga kirgan ta’minot zanjirlarida korxonalarning mas’uliyatli faoliyat yuritişi töğrisidagi qonun yirik kompaniyalardan inson huquqlari bilan boğliq xavflarni aniqlaş, ularning oldini oliş va şikoyatlarni körib çiqiş mexanizmlarini taşkil etişni talab qiladi.

Özbekistonning paxtaçilikdagi muvaffaqiyati va Germaniyaning mazkur tajribasi özaro bir-birini töldiruvçi muhim xulosani yuzaga keltiradi: inson huquqlarini ta’minlaşda davlat nazorati bilan birga tadbirkorlik subyektlarining mas’uliyati ham muhimdir.

Şu nuqtayi nazardan, mamlakatimizda biznes va inson huquqlari böyiça milliy yondaşuvlarni yanada takomillaştiriş, korxonalarda inson huquqlariga salbiy ta’sir körsatiş xavflarini baholaş hamda samarali şikoyat mexanizmlarini rivojlantiriş istiqbolli yönalişlardan biri bölişi mumkin.

 «Samarqand nigohi – 2040» hujjatida fuqarosizlik holatlarini kamaytirişga alohida e’tibor qaratilgani ham bejiz emas. Bu yönalişda Özbekiston salmoqli amaliy tajribaga ega. BMTning Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari Boşqarmasi ma’lumotlariga köra, 2020–2023-yillarda mamlakatimizda qariyb 79 ming nafar fuqaroligi bölmagan şaxsning fuqaroligi tasdiqlangan yoki ularga fuqarolik berilgan.

Bu misol «Samarqand nigohi – 2040»da ilgari surilgan xalqaro tajriba almaşinuvi ğoyasining amaliy ahamiyatini yaqqol namoyiş etadi. Yangi Özbekistonning erişgan natijalari yuqori baholanişi bilan birga, 2040-yilgaça fuqarosizlikni yanada qisqartiriş, tuğilişlarni töliq röyxatga oliş va barça şaxslarning huquqiy maqomini aniqlaş böyiça sa’y-harakatlarni davom ettiriş zarur.

Özbekistonda inson huquqlariga asoslangan islohotlarning yana bir muhim yönalişi aholining ijtimoiy himoyasini kuçaytirişdir. Şu ma’noda, 2023-yilda Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining taşkil etilişi bu boradagi institutsional özgarişlardan biri böldi. Mamlakatimizning barça hududlarida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yölga qöyilib, mahallalar darajasida 100 dan ortiq turdagi ijtimoiy xizmatlar körsatilmoqda.

Prezidentimiz 2025-yil 17-sentyabr kuni «Kambağallikdan farovonlik sari» mavzusidagi xalqaro forumda qayd etişiça, öşa yilning özida 2 million 700 ming nafar aholiga ijtimoiy xizmat va yordamlar körsatilgan. Parvarişga muhtoj oilalar a’zolariga yangi xizmatlar joriy etilişi 50 ming nafar mehnatga layoqatli şaxsning işlaşi uçun imkoniyat yaratgan.

Bunday amaliy natijalar ijtimoiy himoyani faqat moddiy yordam bilan çeklamasdan, insonning mustaqil hayot keçirişi va jamiyatda faol iştirok etiş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan yondaşuvning ahamiyatini körsatadi.

Şu bilan birga, ijtimoiy xizmatlarning sifati va qamrovi hududlar kesimida bir xil emasligi, ayrim joylarda nogironligi bölgan şaxslarning bandlik darajasi pastligi kabi masalalar ham mavjud. Binobarin, kelgusida ijtimoiy himoya samaradorligini nafaqat xizmat körsatilgan şaxslar soni, balki ularning turmuş sifatidagi real özgarişlar orqali baholaş zarur.

Şuningdek, Özbekistonning 2021-yilda Nogironlar huquqlari töğrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilgani, 2023-yilda xotin-qizlar va bolalarni zöravonlikdan himoya qilişga oid qonunçilikni kuçaytirgani xalqaro standartlarni milliy huquq tizimiga joriy etiş yölidagi muhim qadamlardir.

Biroq bunday islohotlarning uzoq muddatli samarasi xizmatlarning hududlar böyiça teng mavjudligi, nogironligi bölgan şaxslar uçun qulay muhit yaratilişi va ehtiyojmand aholining huquqiy himoyadan amalda foydalaniş imkoniyatlari orqali baholanişi kerak.

Ekologik huquqlar masalasida ham Özbekistonning öziga xos tajribasi mavjud. Mamlakatimiz taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasi 2021-yilda Orolböyi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e’lon qiliş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

«Samarqand nigohi – 2040»da Orol dengizi inqirozining ekologik va ijtimoiy oqibatlari alohida qayd etilgani uşbu taşabbusning mantiqiy davomidir. Endilikda ekologik dasturlarning samaradorligini aholining salomatligi, içimlik suviga bölgan huquqi, ekologik axborotdan foydalaniş va qarorlar qabul qilişdagi iştiroki bilan boğlab baholaş muhim.

Raqamli texnologiyalar sohasida esa 2024-yilda tasdiqlangan Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilgaça rivojlantiriş strategiyasi muhim milliy asos bölib xizmat qilmoqda. Şu bilan birga, sun’iy intellektni keng joriy etiş şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş, algoritmik kamsitişning oldini oliş va avtomatlaştirilgan qarorlar ustidan inson nazoratini ta’minlaş bilan birgalikda olib borilişi lozim.

Samarqand taşabbusining eng katta istiqboli uning amaliy natijalarni ölçaş imkoniyatlarini yaratişidadir. Yakuniy hujjatga ilova qilingan «Yöl xaritasi»ga muvofiq, 2027-yilda ustuvor yönalişlar böyiça körsatkiçlar tizimini işlab çiqiş, 2028-yilda dastlabki ixtiyoriy şarhni ötkaziş, 2030-yilda Barqaror rivojlaniş maqsadlari bilan boğliqlikni baholaş, 2040-yilda esa yakuniy şarhni amalga oşiriş nazarda tutilgan.

Bunda faqat bajarilgan tadbirlar yoki qabul qilingan hujjatlar sonini hisoblaş yetarli bölmaydi. Masalan, inson huquqlari böyiça xalqaro tavsiyalarning bajarilişi, buzilgan huquqlarning tiklanişi, aholining huquqiy yordamdan foydalanişi, mehnat huquqlariga rioya qilinişi va ijtimoiy xizmatlarning sifati kabi körsatkiçlar ham muhim örin tutişi lozim.

Ayniqsa, Samarqand raqamli hamkorlik platformasi taşkil etilsa, unda davlatlarning nafaqat yutuqlari, balki duç kelayotgan muammolari, ularni hal etiş usullari va olingan amaliy saboqlarini ham jamlaş maqsadga muvofiq böladi. Bunday yondaşuv xalqaro hamkorlikni rasmiy axborot almaşinuvidan özaro örganiş va natijalarga asoslangan hamkorlik darajasiga olib çiqadi.

Xulosa qilib aytganda, Beşinçi Samarqand forumi yakuniy hujjatining BMT Boş Assambleyasi rasmiy hujjati sifatida e’lon qilinişi Özbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro nufuzini mustahkamlaş bilan birga, mamlakatimizda töplangan amaliy tajribani xalqaro miqyosda baham köriş uçun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Özbekiston tajribasi şuni körsatadiki, izçil siyosiy iroda, xalqaro hamkorlik, huquqiy islohotlar va mustaqil monitoring birlaşganda inson huquqlari sohasida sezilarli natijalarga erişiş mumkin.

Endigi asosiy vazifa ana şu tajribani yangi yönalişlarga tatbiq etiş, mavjud muammolarga oçiq yondaşiş va har bir xalqaro taşabbusni aniq natijalarga boğlaşdan iborat.

Inson huquqlari sohasidagi haqiqiy taraqqiyot xalqaro hujjatlarning soni yoki nufuzi bilangina emas, balki inson hayoti, erkinligi va farovonligida yuz berayotgan real özgarişlar bilan ölçanadi.

 

Robiya Arslonova,

Inson huquqlari böyiça 

Özbekiston Respublikasi Milliy markazi boş mutaxassisi

Nashr sanasi 30.10.2026 Ko'rishlar 195
Ulashish