Vatanning fidoyi farzandlari – eng katta boyligimiz va baxtimiz

«Katta imoratlar, zamonaviy texnikalar bilan maqtanish kerak emas. Aqlli, bilimli, fidoyi farzandlarni tarbiyalasak va ular Vatanga xizmat qilsa, eng katta boylik, baxt mana shu». Bu fikrlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar ijrosi bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 20-21 avgust kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi chog'ida aytdi.

Tashrifning ikkinchi kuni Prezidentimiz raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog'istonni har tomonlama rivojlantirish bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Qoraqalpog'istonni yanada taraqqiy ettirish bo'yicha beshta ustuvor yo'nalish belgilab berildi.

Birinchisi – sanoatni rivojlantirish, barcha tarmoqlarda yirik va kichik ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishdan iborat.

Ikkinchi ustuvor yo'nalish tadbirkorlik jadal rivojlanishi uchun keng yo'l ochib berish va uni har taraflama qo'llab-quvvatlashdir.

Qishloq xo'jaligida ilg'or texnologiyalarni keng joriy qilgan holda, ishlab chiqarish hajmi, hosildorlik va mahsulot turlarini keskin oshirish uchinchi ustuvor yo'nalish etib belgilandi.

To'rtinchisi – ishlab chiqarish va odamlar uchun qulay bo'lgan zamonaviy infratuzilmani yaratish.

Orolbo'yi aholisining yashash sharoiti va turmush darajasini yaxshilash yuzasidan keng qamrovli ishlarni amalga oshirish esa beshinchi ustuvor yo'nalish sifatida e'lon qilindi.

OAV xabarlari asosida tayyorlandi

Powered by GSpeech