Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Insoniyat uzoqroq yashayapti, ammo...

So‘nggi yuz yil ichida dunyo aholisining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi sezilarli darajada oshib, 73,8 yoshga yetdi. Infeksion kasalliklar, onalar va bolalar o‘limi qisqarishi, shuningdek, tibbiyot taraqqiyoti bu natijaga asosiy omil bo‘ldi.

Tadqiqotchilar 204 mamlakat va hududdagi ma’lumotlarni tahlil qilib, 2023-yilda odamlar hayotining o‘rtacha 14,5 foizi salomatlik bilan bog‘liq muammolar ta’sirida kechganini aniqladi. Ayniqsa, umr davomiyligi yuqori bo‘lgan davlatlarda insonlar kasallik yoki nogironlik bilan yashaydigan muddat ham uzaygan. Bu holat tibbiyot odamlarning hayotini uzaytirganini, ammo sog‘lom qarish sur’ati shunga mos ravishda o‘smayotganini ko‘rsatmoqda.

Mualliflar sog‘liq bilan bog‘liq eng katta yo‘qotishlarga bel og‘rig‘i kabi tayanch-harakat tizimi xastaliklari, ruhiy buzilishlar, yoshga oid eshitish pasayishi, turli jarohatlar hamda yuqori tana vazni sabab bo‘layotganini qayd etdi. Kam daromadli mamlakatlarda esa oziqlanish yetishmovchiligi, sil, nafas yo‘llari infeksiyalari va tropik kasalliklar asosiy xavf omillari qatoriga kirgan. Yuqori daromadli davlatlarda giyohvandlik va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish ham jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida baholangan.

Tadqiqot mualliflari endilikda asosiy maqsad inson umrini yanada uzaytirish emas, balki uning har bir yilini sog‘lom tarzda o‘tkazish kerakligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, profilaktika, uzoq muddatli davolash, reabilitatsiya, ruhiy salomatlik xizmatlari hamda qariyalarni qo‘llab-quvvatlash tizimlariga sarmoyani ko‘paytirish nafaqat aholi farovonligini oshiradi, balki iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham katta foyda keltiradi.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Nashr sanasi 24.07.2026 Ko'rishlar 10
Ulashish