BMT: Global qochqinlar o‘n yilda ilk bor kamaydi

BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (BMT QOKB) ma’lumotiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab majburiy ko‘chirilish soni o‘n yil ichida birinchi marta kamaygan. Baribir, ushbu ko‘rsatkich hamon qabul qilib bo‘lmaydigan darajada yuqori bo‘lib qolmoqda.

O‘tgan yil 117,8 million kishi shunday ro‘yxatga olingan, bu 2024-yilgi hisob-kitobga nisbatan 5,4 million yoki 4 foiz kamayishni anglatadi. Mazkur daraja muayyan mamlakat yoki boshqa mintaqalardagi urush, ofatdan qochganlar (35,6 million) va ichki ko‘chirilganlar (68,6 million) miqdorida aks etgan.

Ayni tendensiya insonlarning o‘z mamlakati va kelib chiqish mintaqasiga ommaviy ravishda qaytishi bilan bog‘liq. 2025-yil qaytganlar soni o‘tgan yilga nisbatan 50 foiz ortib, 14,7 millionga yetdi. Bu BMT QOKB 60 yillik monitoring tarixida juda yuqori ko‘rsatkich.

Hisobot mualliflari ta’kidlaganidek, aksar hollarda o‘z yurtiga qaytish “qabul qiluvchi mamlakatda tobora ortayotgan qiyinchilik bosimi ostida” sodir bo‘lgan.

Qochqinlar va xalqaro himoyaga muhtoj boshqa shaxslarning 70 foizdan ko‘pi Afg‘oniston, Venesuela, Suriya, Sudan, Ukraina va Janubiy Sudan fuqarolari. Eng ko‘p qabul qiluvchi davlatlar – Kolumbiya (2,8 million), Germaniya (2,7 million), Turkiya (2,4 million), Uganda (1,9 million), Eron (1,7 million), Chad (1,5 million) va Pokiston (1,3 million).

S.Rahimov, O‘zA

Powered by GSpeech