Sayt xaritasi 00:00:00
Maslahat telefoni+998 71 239 13 58
Bizning manzilIslom Karimov ko'chasi 15 uy
Yangiliklar

Arushada Parlamentlararo ittifoqning 153-assambleyasi boshlandi

Parlamentlararo ittifoqning 153-assambleyasi Tanzaniyaning Arusha shahrida o‘tkazilmoqda.

Xalqaro anjumanlar markazi (AICC)da o‘tayotgan anjuman 2026-yil 5 - 9-oktabr kunlariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda dunyoning yuzdan ortiq mamlakatidan 2 mingga yaqin delegat ishtirok etmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Parlamentlararo ittifoq (PI) 1889-yilda tashkil etilgan. Dastlab xalqaro muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlatlar o‘rtasidagi nizolarni urush emas, muzokara va arbitraj orqali hal etish g‘oyasini ilgari surgan bu tashkilot bugungi kunda tinchlik va xavfsizlikdan tashqari demokratiya, inson huquqlari, gender tengligi, parlamentlar samaradorligi va barqaror rivojlanish masalalarini ham qamrab olmoqda.

Assambleyaning rasmiy ochilish marosimida Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlarlari rahbarlari, a’zolari, hukumatlar vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tanzaniya Prezidenti Samiya Suluxu Hassanning anjuman ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi videoknferensaloqa tizimi orqali namoyish etildi.

“Tanzaniya hukumati va xalqi nomidan Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasida ishtirok etayotgan barcha delegatlarni samimiy qutlayman. Har bir parlament o‘z vakolatini o‘zi vakillik qilayotgan xalqdan oladi. Fuqarolar o‘z muammolari va orzu-intilishlarini o‘z vakillariga ishonib topshiradi va ulardan ushbu masalalar bo‘yicha javob kutadi. Shunday ekan, mana shunday shonchga munosib bo‘lib, nafaqat mamlakatingiz, balki xalqaro miqyosda muhim tashabbuslar muallifi bo‘lishgingizga tilakdoshman”, dedi S.Hassan.

Ochilish marosimida PI bosh kotibi Anda Filip, PI Prezidenti Tuliya Ekson siyosiy qarashlardagi farqlarga qaramay paramentlar muloqot qilishi uchun har to‘siqni yengib o‘tayotgani  e’tibrrrga loyiqligini ta’kidladi. Kuchli va inklyuziv parlamentlarni shakllantirish, parlament diplomatiyasi va qo‘shma harakatlarni rivojlantirishga ko‘maklashish PI faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘lib qoladi.

Marosimda BMT bosh kotibi Antoniu Guttereshning onlayn yangragan fikrlariga ko‘ra, PI dunyoda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutayotgan institut ekanini e’tirof etdi va assambleya ishiga muvaffaqiyat tiladi. BMT va PI birgalikda samarali boshqaruvni barcha uchun ishonch va imkoniyatlar manbaiga aylantira oladi, dedi u.

Aytib o‘tish kerakki, bu safargi anjuman doirasida PIning barcha ustav organlari, jumladan, Boshqaruv kengashi, doimiy qo‘mitalar, parlament a’zolarining inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi, Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha qo‘mita, shuningdek, Ayol parlament a’zolari forumi va Yosh parlament a’zolari forumi yig‘ilishlari o‘tkaziladi.

Umumiy debatlar “Inklyuzivlik, ishonch va barcha uchun imkoniyatlar orqali samarali boshqaruvni takomillashtirish hamda jamiyatlar imkoniyatlarini kengaytirish” bosh mavzusiga qaratiladi.

Assambleya doirasida PIning yangi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda Avstraliya, Ozarbayjon va Chili vakillari nomzod sifatida qatnashmoqda.

Assambleya favqulodda band bo‘yicha hamda Demokratiya va inson huquqlari doimiy qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan “Barcha uchun inklyuziv ijtimoiy rivojlanish: nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha parlament strategiyalari” mavzusidagi rezolyutsiyalarni qabul qiladi. Assambleyada Umumiy debatlarning bosh mavzusi bo‘yicha yakuniy hujjat qabul qilinishi bilan yakunlanishi kutilmoqda.

Norgul Abduraimova, O‘zA
Tanzaniya, Arusha shahri

Nashr sanasi 06.10.2026 Ko'rishlar 187
Ulashish