Oʻzbekistonda mediamahsulotlardan foydalanish ustidan nazorat kuchaytiriladi

Prezident tomonidan “Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga O‘zbekistonning qo‘shilishi haqida”gi qonun imzolandi.

Konvensiya ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining turdosh huquqlarini ahdlashayotgan davlatlarda ularga oʻz huquqlarini himoya qilishning milliy rejimini taqdim etish yoʻli bilan himoya qilishga qaratilgan.

Qonunda quyidagi shartlar mavjudligi qayd etilgan:

  • Oʻzbekiston faqat eshittirish tashkilotining shtab-kvartirasi boshqa ahdlashuvchi davlatda joylashgan boʻlsa va uzatish xuddi shu davlatda joylashgan uzatuvchi yordamida amalga oshirilgan taqdirda efirga uzatishni taʼminlaydi;
  • Oʻzbekiston tayyorlovchisi boshqa ahdlashuvchi davlatning fuqarosi yoki yuridik shaxsi hisoblanmaydigan fonogrammalarga nisbatan 12-moddani qoʻllamaydi.

Konvensiyaga qoʻshilish intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning ilgʻor xalqaro standartlarini joriy etishga, shuningdek Oʻzbekiston obroʻsining oshishiga koʻmaklashadi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 06.06.2024-yildan kuchga kirdi.

 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati

Powered by GSpeech