O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2023 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlarni tavsiya etish jarayoni boshlandi.
“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizomda fuqarolik jamiyati institutlari, davlat organlari va tashkilotlari ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlarni taqdim etishi mumkinligi belgilangan.
Shu munosabat bilan 2023 yil uchun “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlarini 2023 yil 1 oktyabrga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etish mumkin.
- Qo'shildi: 12.07.2023
- Ko'rishlar: 9134
- Chop etish